Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raul Kastro sotsializm qurishni davom ettirishga chaqirdi
Foto: RIA "Novosti"
Kuba yetakchisi Raul Kastro kubaliklarni sotsializm qurish va uni himoyalashga chaqirdi. Uning aytishicha, aynan sotsialistik tuzum Kubaning mustaqilligini ta'minlaydi.
"Mag‘lub bo‘lmagan Fidel o‘z o‘rnagi bilan ilhomlantiradi va biz qila olganimizni, qila olishimizni va qilishimizni ko‘rsatadi. Biz Kubada sotsializm qurish haqidagi qat'iy istagimizni amalga oshirish va Vatanimiz suvereniteti va mustaqilligini kafolatlashda istalgan to‘siqlar, tahdidlar yoki qiyinchiliklarni yengib o‘ta olamiz", deb aytdi Raul Kastro.
"Fidel xoki yonida, Antonio Maseo maydonida, qahramona Santyago de Kuba shahrida vatanimiz va sotsializmni himoya qilishga qasamyod qilamiz!.. Fidel, Fidel, G‘alabagacha!", deb o‘z so‘zlarini intiholadi Kastro.
Antonio Maseo maydonida minglab odamlar Fidel Kastro bilan vidolashgani yig‘ildilar. Miting ishtirokchilari "Men – Fidel" deb hayqirishgan, ko‘pchilik milliy va "26 iyul" harakati bayroqlari bilan kelishgan.
Miting vaqtida kasaba uyushmalari, dehqonchilik ittifoqi, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlari rahbarlari ishtirok etganlar. Miting ishtirokchilari Raul Kastroning nutqini "Raul, Raul!" degan hayqiriqlar bilan qarshilashgan.
Kubaning ko‘p yillik yetakchisi Fidel Kastro 25 noyabrda 90 yoshida vafot etdi. Kubada shu munosabat bilan milliy motam e'lon qilingan, barcha milliy bayroqlar tushirib qo‘yilgan, ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilingan.
Mavzuga oid
17:37 / 17.04.2026
KUBA – katta o‘yin ichidagi kichik davlat | MAYDON
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
08:52 / 30.03.2026
AQSh Rossiyaning Kubaga ketayotgan neft tankerini to‘xtatmadi
16:47 / 27.03.2026