Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saylovda davomat 25 foizdan oshdi
Foto: Uzlife
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga Prezident saylovi bo‘yicha soat 6:00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma'lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.
Soat 10:00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchilarning 5 million 207 ming 914 nafari, ya'ni, 25,72 foizidan ortig‘i ovoz berib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, saylovda davomat 33 foizdan oshsa, saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to‘g‘risidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e'lon qilinadi. Lekin odatda saylov natijalari saylov o‘tgandan so‘ng 1 sutka ichida e'lon qilinadi.
Saylov natijalari rasman e'lon qilingach, 2 oy ichida yangi prezident inauguratsiyasi tashkil etiladi. Davlat rahbari har biri 5 yil muddatdan ikki marotabadan ortiq saylana olmaydi.
Ovoz berishlar soat 20:00gacha davom etadi.
Mavzuga oid
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
12:26 / 06.10.2025
YeI Gurjistondagi saylovlarni tanqid qildi
08:50 / 06.10.2025
Suriyada Asad ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar bo‘lib o‘tdi
08:30 / 06.10.2025