Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod bo‘lmish Shavkat Mirziyoyev ovoz berish uchun 4 dekabr kuni Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 132-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.
"Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 132-saylov uchastkasiga keldi", deyilgan partiya matbuot xizmati ma'lumotida.
Shavkat Mirziyoyev saylov uchastkasiga oila a'zolari bilan birga tashrif buyurgan. Qayd etilishicha, Mirziyoyev bilan uning oila a'zolaridan 8 kishi saylov uchastkasiga kelgan.
Ushbu saylov uchastkasida jami 2352 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Ayni paytda bu yerda saylovchilar faol tarzda ovoz bermoqda.
Markaziy Saylov komissiyasining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, saylovda davomat Toshkent vaqti bilan soat 09:00 holatiga ko‘ra 17 foizni tashkil qilmoqda edi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024