Iqtisodiyot | 20:35 / 05.12.2016
6278
1 daqiqa o‘qiladi

Brent nefti narxi 55 dollardan oshdi

Foto: © RIA

Brent markasidagi neft qimmatlashishda davom etmoqda. Savdolar ma'lumotlariga ko‘ra, hozir bu neftning narxi 55 dollardan oshdi. Qayd qilish joizki, qora oltinning narxi 2015 yil 24 iyulidan beri birinchi marta 55,14 dollargacha oshdi. 

WTI markasidagi neft narxi ham ko‘tarilmoqda. Uning narxi 52,25 dollarni tashkil qilmoqda. 

Neft narxi OPeKga a'zo davlatlar neft qazib olish hajmini kamaytirishga qaror qilishgandan keyin faol tarzda oshmoqda. Mutaxassislarning fikricha, o‘rta muddatli istiqbolda Brent nefti narxi 62 dollargacha oshadi.

 

Mavzuga oid