OPeK Özbekistonda xususiy boğçalarni rivojlantirişga 20 million dollar ajratadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Boş vazir örinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov hamda OPeK xalqaro taraqqiyot jamğarmasi prezidenti Abdulhamid al-Xalifa uzoq muddatli hamkorlikni muhokama qildi va xususiy sektorni davlat banklarini xususiylaştiriş jarayoniga jalb etiş masalalarini körib çiqdi.
Uçraşuv doirasida Özbekistonda “Davlat-xususiy şeriklik asosida xususiy maktabgaça ta’lim muassasalari tarmoğini rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş maqsadida 20 million dollar miqdoridagi bitim imzolandi.
Uşbu loyiha prezident tomonidan tasdiqlangan “2022—2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan maqsadlarga erişiş borasidagi sa’y-harakatlarning bir qismi böldi. Loyiha xususiy sektorga maktabgaça ta’lim muassasalarini quriş uçun imtiyozli kreditlardan foydalaniş imkonini beradi.

Loyiha bir qator yangi maktabgaça ta’lim muassasalar quriş va modernizatsiya qiliş, şu bilan birga ularda bolalar uçun örinlar sonini sezilarli darajada oşiriş imkonini beradi.













