Iqtisodiyot | 18:34 / 05.12.2016
6357
1 daqiqa o‘qiladi

Citi yevroning dollarga nisbatan qadrsizlanishini taxmin qilmoqda

Foto: Reuters

Citi Yevropa Ittifoqining yagona pul birligi – yevroning AQSh dollariga nisbatan 7,5 foizga qadrsizlanishini taxmin qilmoqda. Kelasi yilda bir yevro 0,98 dollarga teng bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda RNS agentligi. 

Hozirda, bir yevro 1,06 dollar atrofida. Bank tahlilchilari yaqin 3 oy mobaynida bir yevro 1,05 dollargacha pasayishini aytishmoqda. Shunga ko‘ra, 6‒ 12 oy davomida 0,98 dollarga bir yevro teng kelishi mumkin. 

Bank ekspertlariga ko‘ra, Rossiya rublining dollarga nisbatan kursi 2017 yilda deyarli o‘zgarmaydi. 

Citi AQShning yirik banki hisoblanadi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid