Jamiyat | 09:52 / 05.12.2016
4574
1 daqiqa o‘qiladi

Koreyada kompyuter o‘yinlaridagi «yordamchilar» uchun qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

Janubiy Koreya parlamenti raqamli o‘yin sanoatiga yordam berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma'qulladi. Unga ko‘ra, kompyuter yoki mobil qurilmalardagi o‘yinlarda yordam beruvchi (eymbotlar, skriptlar va o‘yindan foydalanish shartlarida nazarda tutilmagan barcha shu kabi dasturlar)ni ishlab chiqish yoki tarqatish 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 43 ming dollar miqdoridagi jarima bilan jazolanishi mumkin. 

Aytish joizki, Janubiy Koreyada kibersport juda keng tarqalgan. Shu sababli, mamlakat qoidabuzarlar bilan jiddiy kurashishga bel bog‘lagan ko‘rinadi. Ushbu qonun qabul qilinsa, dunyo bo‘ylab mavjud chiterlik dasturlari soni keskin kamayadi. Chunki, bu kabi dasturlarni ishlab chiqaruvchilarning aksariyati aynan Janubiy Koreyada joylashgan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid