Jahon | 18:29 / 05.12.2016
6014
1 daqiqa o‘qiladi

Time jurnali o‘quvchilari 2016 yil kishisini tanladi

Foto: time

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Time jurnali o‘quvchilari tasnifiga ko‘ra 2016 yilning eng ta'sirli kishisi deb topildi. Amerika jurnalining saytida e'lon qilingan onlayn ovoz berish jarayonida qatnashganlarning 19 foizi Modi nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. 

Modi boshqa taniqli siyosatchilar va davlat arboblarini deyarli 12 foizlik farq bilan ortda qoldirgan. Xususan, AQSh prezidenti Barak Obama, yangi prezident Donald Tramp va WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni o‘ziga xos kurashda mag‘lub etgan. 

2014 yilda ushbu jurnal o‘quvchilari Modini "Yil kishisi" deb tanlagan edi. 

Time jurnali 1927 yildan "Yil kishisi"ni aniqlaydi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid