Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Vashington Hindiston uchun savdo bojini 18 foizgacha tushirishga tayyor. Donald Tramp Narendra Modi bilan suhbatlashdi. AQSh prezidentining ta’kidlashicha, Hindiston Vashingtondan va ehtimol, Venesueladan neft xaridini oshirishni istayapti.
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi u bilan bo‘lgan suhbatda Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Oq uy rahbari telefon suhbati yakunlari bo‘yicha shunday mazmundagi yozuvni 2 fevral, dushanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.
Tramp versiyasiga ko‘ra, Hindiston xaridlarni AQShdan va ehtimol Venesueladan oshirishga tayyor.
“Bu hozir ham davom etayotgan va har hafta minglab odamlarning hayotini olib qo‘yayotgan Ukrainadagi urushni to‘xtatishga yordam beradi!” — deb yozdi Tramp.
Amerika yetakchisi Vashington Hindiston uchun savdo bojini 25 foizdan 18 foizga zudlik bilan tushirishga rozi bo‘lganini ta’kidladi.
Trampning aytishicha, Modi Amerika tovarlarini xarid qilishni kengaytiradi. Uning iddaosiga ko‘ra, Hindiston “AQShga nisbatan o‘zining tarif va notarif to‘siqlarini nolga tushirish yo‘lida olg‘a siljiydi”.
O‘z navbatida, hind hukumati rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh prezidenti bilan “ajoyib” suhbat bo‘lganini yozdi. “Hindistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga tarif endi 18 foizga tushirilishi meni juda quvontirdi”, — deb tasdiqladi u, ammo RF nefti masalasini tilga olmadi.
“Dunyodagi ikki yirik iqtisodiyot va eng yirik demokratiyalar hamkorlik qilsa, bu xalqlarimizga naf keltiradi va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ulkan imkoniyatlar ochadi”, — deya qo‘shimcha qildi Narendra Modi.
Mavzuga oid
22:09
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
10:25