Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 dekabr O‘zbekistonda iliq ob-havo kuzatiladi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 7-9, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushadiKechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 4-9, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 5-10, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
14:05 / 13.06.2026