Jamiyat | 20:00 / 06.12.2016
5912
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Ukrainadan parranda go‘shti olib kirilishini taqiqladi

Foto: © AP

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga parranda go‘shtini import qilishni taqiqladi. Bu holatga Xerson viloyatida yuqori patogenli parranda grippining (H5) avj olgani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Ukraina Davlat oziq-ovqat va iste'molchilar xizmati. 

Parranda grippi holatlari Qrim bilan chegaradan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Novoaleksandrovka qishlog‘ida kuzatilgan. Aniqlik kiritilishicha, bu yerda 4,5 mingga yaqin qush boqiladi.

Ukraina davlat xizmatining ta'kidlashicha, Xerson viloyatidan Gonkongga tuxumlarni eksport qilishga taqiq qo‘yilgani haqida rasmiy bildirishnoma olishgan. Shuningdek, YeIga mamlakatning barcha hududidan parranda go‘shti va uning mahsulotlari yetkazib berish ham man etilgan.

Tashkilotning xabar berishicha, parranda grippi bo‘lmagan viloyatlardan eksportni tiklash uchun YeIga kasallikni tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilgani haqida batafsil axborot yuborilgan.

Ma'lumot uchun, Ukrainada parranda grippi holatlari so‘nggi bor 2008 yilda ro‘yxatga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid