Putin va Erdo‘g‘anning navbatdagi uchrashuvi qachon bo‘lishi ma'lum qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turkiyalik hamkasbi o‘rtasida 2017 yilning birinchi yarmiga muzokaralar o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya-Turkiya muzokaralari yakuniga bag‘ishlangan matbuot-anjumanda aytib o‘tdi.
"Biz kelgusida qanday ishlashimiz kerakligi borasidagi hujjatlar loyihasini tayyorlashni tezlashtirishga kelishib oldik. Shuningdek prezidentlar ishtirokida keyingi yilning birinchi yarmida o‘tadigan oliy darajadagi hamkorlik kengashi yig‘ilishiga barcha zarur hujjatlarni tayyorlaymiz", deb aytdi Medvedev.
Avvalroq Putin Erdo‘g‘an bilan telefonda gaplashib, Turkiyada qizlar yotoqxonasida chiqqan yong‘in oqibatida bolalar halok bo‘lgani tufayli hamdardlik bildirgan.
Mavzuga oid
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
11:20 / 30.10.2024
OAV: Putinning soqchilari tasodifan uning harakatlanishini oshkor qilib qo‘ydi
10:40 / 30.10.2024
FT: Ramaposaning Putinni maqtashi JAR koalitsiyasini parchaladi
21:52 / 29.10.2024