Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya hukumati xorijdan keluvchi ishchilarning 2017 yildagi kvotasini belgiladi
Rossiya hukumati 2017 yilda xorijiy ishchilarni jalb qilishdagi ehtiyoj miqdorini aniqladi. U joriy yildagi talabning 82,7 foizini tashkil etgan, deb xabar beradi RF Vazirlar mahkamasi sayti.
“Federatsiya sub'yektlari takliflari asosida 2017 yildagi xorijiy ishchilarni jalb qilish ehtiyoji aniqlandi. Bu – 177 043 kishi bo‘lib, 2016 yildagi talabning 82,7 foizni tashkil etadi”, - deyiladi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangan hujjatda.
Ta'kidlanishicha, qabul qilingan qarorlar ish beruvchilarning malakali xorijiy ishchilarga bo‘lgan talabini qondirish va investitsion loyihalarni amalga oshirish, jumladan Rossiyada futbol bo‘yicha 2017 yilgi konfederatsiyalar Kubogi va 2018 yilgi Jahon chempionati bahslarini o‘tkazishda ko‘mak beradi.
Ma'lumot uchun, mamlakat vazirlar mahkamasi noyabrda 2017 yilda vaqtinchalik yashash uchun kvotalar hajmini 15 mingga qisqartirgandi.
Mavzuga oid
17:21
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026