Jahon | 17:35 / 06.12.2016
10507
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning qizi oilasi bilan Nyu-Yorkdan Vashingtonga ko‘chib keladi

Foto: Unian

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi bilan Nyu-Yorkdan Vashingtonga ko‘chib kelishni rejalashtirmoqda. Uning bu rejasi yangi yil boshida amalga oshishi mumkin. 

Juftlik AQSh poytaxtidan o‘zlariga turar-joy izlashga kirishishgan, deb xabar bermoqda CNN.

Telekanalning tasdiqlashicha, Ivanka Trampning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner yangi prezident o‘z vazifasiga kirishgach, uning maslahatchilaridan biriga aylanishi mumkin.

Avvalroq Amerika matbuoti 35 yoshli Kushner qaynotasining g‘alabasida katta rol o‘ynaganini ma'lum qilgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid