Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda prokuratura organlari xodimlarining kasb bayrami belgilanadi
6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning, tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Parlament vakillari o‘z ishlarini “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdan boshladilar.
“Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, ular tomonidan xizmat vazifalarining vijdonan bajarilishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi”, deyilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati bergan ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
12:31 / 03.03.2026
1 mlrd so‘mlik tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi
11:13 / 02.03.2026