Anqara Moskva bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishdi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning «Interfaks» agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Anqara Moskva bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Hukumat raisi, shuningdek, Turkiya va Rossiya o‘rtasiga sovuqchilik tushishi sababli ikki mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy sohadagi hamkorlik sekinlashganini qayd etgan.
«Biz aniq loyihalar haqida so‘z yuritmadik, ammo bu masalalarni ham muhokama qildik. Tomonlar o‘zaro aloqalarimizni rivojlantirish muhim ekanligini tan oladi. Biz o‘sha qayg‘uli voqeadan so‘ng, boy bergan imkoniyatlarni qaytarish uchun o‘zaro hamkorlikni tikladik», — degan Yildirim.
Uning ta'kidlashicha, mamlakatlar ushbu yo‘nalishdan boshqa sohalarda ham hamkorlikni rivojlantirish niyatida.
«Bizda katta energiya loyihalari bor. Ularni tezlashtirish lozim. bularni safiga fazoviy va mudofaa sohasidagi masalalar ham qo‘shildi. Tabiiyki, bu sohalarda yangi loyihalar bo‘ladi» , — deb xulosa qiladi bosh vazir.
Avvalroq, Binali Yildirim Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan o‘tkazgan muzokaralaridan so‘ng, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hozirgi 36 mlrd dollardan yiliga 100 mlrd dollarga chiqishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi.
Ikki davlat hukumat rahbarlari 6 dekabrda muloqot o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06 / 24.11.2024
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
00:35 / 24.11.2024