Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hürriyet: Gretsiya sudi Turkiyaga 3 harbiyni topshirishga ruxsat berdi
Foto: © AP
Gretsiya sudi Turkiyadan 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin Gretsiyaga qochgan va u yerda boshpana so‘ragan 3 nafar turk harbiysini Turkiyaga topshirishga qaror qildi. Bu haqda Hürriyet nashri xabar bermoqda.
Sud harbiylar ularga nisbatan turk hukumati qo‘yayotgan ayblovlar bo‘yicha sud oldida javob berishlari uchun Turkiyaga topshirilishlari lozimligiga qaror qildi. Harbiylar advokatining aytishicha, ular bu qaror yuzasidan yuqori instansiyadagi sudga shikoyat qilishgan.
Harbiylarning ekstraditsiya qilinishi haqidagi qaror Gretsiya sudi harbiylarni Anqaraga bermaslikqa qaror qilganining ertasiga qabul qilindi.
16 iyulda 8 nafar turk harbiysi davlat to‘ntaruviga urinish barbod bo‘lgandan keyin Gretsiyaga vertolyotda uchib kelgan. Ular SOS signalini berib, zudlik bilan qo‘nishni so‘rashgan. Harbiylar to‘ntaruvga aloqalari borligini inkor qilishmoqda. Ular Gretsiya hududiga noqonuniy kirishgani uchun 2 oylik qamoq jazosiga mahkum qilinishgan, biroq sud hukmni shartli jazoga o‘zgartirgan.
Iyulda Gretsiya immigratsiya boshqarmasi 7 turk harbiysining boshpana taqdim qilish haqidagi murojaatini rad etgan, 8-harbiyning murojaati esa hali ko‘rib chiqilmoqda. Avgustda Turkiya Gretsiya hukumatidan harbiylarni ekstraditsiya qilishni so‘ragan.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026