«Real» Ronaldu bilan bog‘liq soliq mojarosi haqida rasmiy bayonot berdi
Madridning “Real” futbol klubi matbuot xizmati jamoa yetakchisi Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lgan bayonot bilan chiqish qildi. Futbolchi soliqlarni to‘lashdan bosh tortganlikda gumon qilinmoqda. “Qirollik klubi”da Ronaldu o‘zining barcha soliq majburiyatlarini bajarayotgani, bu haqda barcha tegishli hujjatlar borligi va ular ispan soliq idoralaridan olingani ta'kidlab o‘tildi.
«So‘nggi kunlarda chop etilgan ma'lumotlar va ispan soliq xizmati tomonidan taqdim etilgan dalillar Krishtianu Ronaldu barcha soliq majburiyatlarini bajarayotganini ko‘rsatib turibdi. “Real” Madrid FK o‘yinchiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi. U bizning klubda bo‘lgan vaqtda o‘zini o‘ta intizomli inson ekanini ko‘rsatib berdi», - deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.
Avvalroq, Germaniyaning Spiegel nashri 31 yoshli portugaliyalik futbolchi 150 million yevro miqdordagi soliqlarni yashirgani haqida ma'lum qilgandi.
6 dekabr kuni esa Ronaldu soliqlarni to‘lashdan bosh tortganligi uchun olti yillik qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Mavzuga oid
11:12 / 19.12.2024
«Real»da yangi sovrin, «Arsenal»ga hakamlar yordam berdi, Shomurodov gol urdi
12:23 / 15.12.2024
«Liverpul» ochko yo‘qotdi, «Real» uchta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
10:10 / 11.12.2024
Mbappe gol urdi va jarohat oldi, ammo «Real» bir amalladi. YeChLda kun o‘yinlari
12:04 / 08.12.2024