Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hayot va o‘lim manzarasi: Halabning ozod mavzelaridan maxsus reportaj
RT muxbiri Lizzi Filan tasvirga olish guruhi bilan birga Suriyadagi Halab shahrining IShID terrorchilaridan ozod bo‘lgan mavzelarida bo‘ldi. O‘tgan kechada Suriya armiyasining harbiy xizmatchilari Eski Halab hududini ozod etishdi.
Ma'lum qilinishicha, 7 dekabr kuni Suriya armiyasi Eski shaharning yana uchta mavzesini terrorchilardan ozod etgan. Ulardan birida RT muxbiri Lizzi Filan bo‘ldi.
«Suriya armiyasining Halabni ozod etish operatsiyasi davom etmoqda. Bu tunda bir nechta mavze ozod qilingan. Biz u yerga borgan ilk tasvirga olish guruhi bo‘ldik», — degan u.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, suriyaliklarning yuzlab oilasi o‘z qarindoshlarini ko‘rish maqsadida shaharning ozod bo‘lgan qismiga qaytib kelishgan.
Ma'lum qilishlaricha, ayrim mahalliy aholi vakillari bir-birlarini ko‘rmaganliklariga to‘rt yildan oshgan. Terrorchilar tomonidan egallab turilgan va so‘ngra tashlab ketilgan binolardan birida katta miqdorda qurol-yarog‘ va portlovchi moslamalar topilgan.
Mavzuga oid
08:18 / 23.06.2026
Xarita: qaysi davlatlarda 65 yoshdan oshganlar ulushi eng yuqori?
08:58 / 22.06.2026
Namangan aholi soni eng tez o‘sgan va eng zich shahar bo‘ldi
08:30 / 19.06.2026
So‘nggi 64 yilda dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi qanchaga uzaydi?
10:15 / 17.06.2026