Jahon | 07:40 / 09.12.2016
13300
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning mudofaadagi asosiy hamkori qaysi davlat ekanligi ma'lum bo‘ldi

Foto: IANS/PIB

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterning hindistonlik hamkasbi Manoxar Parrikar bilan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra, Hindiston "AQShning mudofaadagi asosiy hamkori" nomini olgan. ANI nashri shu haqida ma'lum qildi

Ta'kidlanishicha, tomonlar shuningdek mintaqadagi xavfsizlik masalalarini ham muhokama qilishgan.

AQSh va Hindiston vakillari ikki mamlakat ham terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlamasligi muhimligini ta'kidlashgan. 

Bundan avval Pentagon rahbari iste'foga chiqishdan oldin dunyo bo‘ylab sayohatga yo‘l olishi haqida xabar berilgan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid