Jahon | 00:12 / 09.12.2016
6487
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Oliy sudi Brexit ishini ko‘rib chiqishni tugalladi

Foto: © SS0 Public Domain

Buyuk Britaniyada mamlakatning YeIdan chiqish masalasi  bo‘yicha 4 kun davom etgan sud ishi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. 

"Bu ishda asosiy masala natijasi qonunan kuchga kirishi mumkin bo‘lgan jarayon bilan bog‘liq. Og‘zaki va yozma shaklda keltirilgan dalillarni keraklicha o‘rganib chiqishimiz uchun bizga vaqt talab qilinadi", - dedi sud organi raisi lord Devid Noyberger. 

Shuningdek u sud ishi davomida Brexit referendumi natijalarini bekor qilish masalasi muhokamaga qo‘yilmaganini ta'kidladi va sud bu boradagi qarorini imkon qadar tezroq chiqarishiga va'da berdi. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid