Sport | 23:03 / 09.12.2016
14367
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar ligasida islohotlar: O‘yinlarning o‘tkazilish vaqtlari o‘zgaradi

UYeFA bosh kotibi o‘rinbosari Jorjio Marketti 2018/19 yilgi mavsumdan boshlab Chempionlar Ligasida o‘yinlar turli vaqtlarda o‘tkazilishi haqida ma'lum qildi.

Hozirda turnirning guruh bosqichidagi uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanmoqda.

"2018 yildan boshlab Chempionlar Ligasida o‘yinlar uchun 2 xil vaqt belgilanadi – soat 19:00da (Markaziy Yevropa vaqti, Toshkent vaqti bilan 22:00) 2ta o‘yin va soat 00:00da (Toshkent vaqti bilan soat 01:00)da qolgan 2ta o‘yin. Shu tariqa, muxlislar yanada ko‘proq o‘yinlarni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi", degan Marketti.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid