Jahon | 08:50 / 09.12.2016
12511
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyani tiklash uchun qancha mablag‘ kerak bo‘ladi?

Foto: Reuters

BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan De Mistura BMT Xavfsizlik kengashida Suriyani tiklash bo‘yicha keng qamrovli xalqaro amaliyot kerakligini ma'lum qildi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin eshiklar ortida o‘tkazilgan maslahatlashuvlardan so‘ng xabar bergan.

"Maxsus vakil o‘z chiqishida hozirgi siyosiy tartibga solish yo‘li Suriyani tiklash bo‘yicha haqiqatdan ham yirik va keng qamrovli xalqaro amaliyotni tashkil qilish uchun zarurligini aytib o‘tdi", - dedi Churkin.

Taxminlarga ko‘ra, mamlakatni tiklash uchun 180 milliard dollar kerak bo‘ladi.

"Albatta, bu hech bir mamlakatning qo‘lidan kelmaydi. Siyosiy tartibga solishsiz, siyosiy tuzum islohotisiz esa tiklash bo‘yicha xalqaro kampaniya amalga oshishiga ishonish mushkul", - dedi Churkin.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid