Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti Konstitutsiyaviy sud qarorini kutadi
Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe o‘ziga nisbatan impichment bilan bog‘liq vaziyatni uzil-kesil hal qiluvchi Konstitutsiyaviy sud qarorini kutadi. Bu haqda, davlat rahbarining o‘zi hukumat a'zolari bilan uchrashuvida ma'lum qilgan. Pak Kin Xe parlament a'zolari unga impichment e'lon qilish bo‘yicha qonun loyihasini ma'qullashganidan so‘ng, vazirlar mahkamasi yig‘ilishini o‘tkazdi.
"Shu lahzadan boshlab, Konstitutsiyaviy sud qarorini va korrupsiya hamda hokimiyatdan g‘arazli maqsadlarda foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan tergov natijasini asosiy qonun va boshqa qonunlarda belgilanganidek xotirjam kutaman", - deb qayd etgan Pak Kin Xe.
"Ishonamanki, prezident vakolatini bajaruvchi bosh vazir (Xvan Gyo An) va hukumatning boshqa a'zolari "hokimiyat bo‘shlig‘i"ga va iqtisodiyot hamda xavfsizlik sohasida beqarorlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘radi", - deb ta'kidlagan Pak Kin Xe.
Mamlakat yetakchisi, shuningdek, ushbu siyosiy mojaro kelgusida mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini rivojlantirish dvigatellari bo‘luvchi qator loyihalarga salbiy ta'sir etganini qayd etgan. Prezident vazirlardan mazkur loyihalarga asosiy e'tiborni qaratishni so‘ragan.
Koreya respublikasi parlamenti deputatlari davlat rahbari impichmenti uchun ovoz berishgani haqida avval xabar qilingan edi.
Qonun loyihasini 234 nafar deputat ma'qullagan, 56 nafari qarshi chiqqan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026