Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google kubaliklarga o‘z xizmatlari uchun tezkor internetni taqdim etadi
AQShning Google korporatsiyasi Kuba hukumati bilan orol davlat aholisini tezkor internet bilan ta'minlash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endilikda, kubaliklar Amerika kompaniyasining internetdagi xizmatlaridan foydalana oladi, deb xabar qilmoqda The Associated Press (AR).
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kelishuv Google kompaniyasiga rasman egalik qiluvchi Alphabet korporatsiyasi rahbari Erik Shmidtning Havanaga tashrifi chog‘ida Kuba hukumati vakillari bilan imzolanadi. Bitimga ko‘ra, kubalik internet foydalanuvchilarga Google xizmati tarkibiga kiruvchi Gmail elektron pochta, YouTube videoxostingi va boshqa qator saytlarga katta tezlikda ulanish imkoni taqdim etiladi.
Hozircha, kelishuvning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan. Shu bilan birga, Kubaning yangi serverlari qayerda joylashishi ham noma'lum, deb yozadi AR. Agentlikning qayd etishicha, Kubadagi internetga ulanish tezligi dunyodagi eng sekinlaridan biridir.
Xabarlarga ko‘ra, hozirda, Kuba hukumati, Donald Tramp o‘z vazifasiga rasman kirishguncha, Amerika kompaniyalari bilan ko‘proq o‘ziga foydali bitimlarni imzolashga urinmoqda. Donald Tramp orol davlat bilan munosabatlar yaxshilanishini ma'qullamaydi.
Tramp, saylovoldi kampaniyasi chog‘ida, rasmiy Havana Vashingtonning qator talablarini bajarmasa, Barak Obama davrida erishilgan natijalarni bekor qilishini ta'kidlagan edi.
Mavzuga oid
22:15 / 05.06.2026
Tramp Eron masalasi «hal bo‘lgach» Kubadagi rejimni o‘zgartirish rejasini e’lon qildi
08:38 / 05.06.2026
Vashington Kuba rahbariyatiga bosimni kuchaytirmoqda
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026