Jahon | 09:09 / 10.12.2016
4312
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi ikkita portlashda 56 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya shimoli-sharqidagi Madagali shahrida joylashgan bozorning turli joylarida bir vaqtning o‘zida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 56 kishi halok bo‘lgan.  Bu haqda okrug hokimiyati vakili Yusuf Muhammadning ma'lumotiga asoslanib, “Reyter” xabar bermoqda.
Avvalroq qurbonlar soni 45 nafar ekanligi xabar qilingan edi.

Muhammad bergan ma'lumotga ko‘ra, falokatda 56 kishi halok bo‘lib, 57 kishi yaralangan.
Hech qaysi terrorchilik guruhi portlashni o‘z zimmasiga olmagan.

Ma'lumot uchun: hukumat bu shaharni “Boko Xaram” radikal guruhidan o‘tgan yili ozod qilgandi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid