Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama hukumatni vaqtincha moliyalashtirish rezolyutsiyasini imzoladi
AQSh prezidenti Barak Obama davlat idoralari faoliyatini 2017 yil 28 apreliga qadar moliyalashtirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda, Oq uy ma'muriyati matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shu bilan birga, kelasi yil uchun mo‘ljallangan federal byudjyet loyihasi tasdiqlangani yo‘q. AQSh Kongressi Vakillar palatasi 8 dekabrda hujjatni qabul qilgan, Senat esa 9 dekabr yarim tunda tasdiqlagan edi.
Shunday qilib, qonun matniga ko‘ra, 872 mln dollar sog‘liqni saqlash ehtiyojlariga hamda toza ichimlik suvi tanqisligiga duch kelgan Michigan shtati Flint shahri aholisiga 170 mln dollar mablag‘ ajratiladi.
Bundan tashqari, kongressmenlar, Amerika qonunchiligiga AQSh dengiz piyoda qo‘shini iste'fodagi generali Jyeyms Mettisni yangi ma'muriyat tarkibining mudofaa vaziri sifatida tasdiqlash imkonini beruvchi o‘zgartishlar kiritishni muhokama qilishgan. Mavjud talablarga ko‘ra, Mettis yaqinda harbiy xizmatni tark etgani sababli, mudofaa vaziri bo‘la olmaydi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026