Jahon | 13:29 / 11.12.2016
5964
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Gambiya prezidentini saylovda mag‘lubiyatga uchraganini tan olishga chaqirdi

Yahyo Jamme. Foto: EPA/MIKE ALQUINTO

BMT Xavfsizlik kengashi va tashkilot rahbari Pan Gi Munning talabiga ko‘ra, Gambiyaning amaldagi prezidenti Yahyo Jammeni mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lganini tan olishga va 2017 yilning yanvar oyida Adam Barrouga hokimiyatni topshirishi kerak.

BMT XK tomonidan qayd etilgan bayonotda “Suveren Gambiya xalqining tanlovini hurmat qilish, 2016 yilning 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalarini tan olish hamda hokimiyatni saylangan yangi rahbarga topshirish” tilga olingan.

Ma'lumot uchun: Jamme mamlakatni 1994 yildan buyon boshqarib kelmoqda. 2016 yilning 1 dekabr kuni Gambiyada bo‘lib o‘tgan saylovda 36,7 foiz ovoz to‘pladi. Uning raqibi Adam Barrou esa 45,5 foizga ega bo‘ldi. Jamme 3 dekabr kuni mag‘lubiyatini tan oldi. Ammo oradan bir hafta o‘tgach, saylov komissiyasining xatoga yo‘l qo‘yganini va shu bois yangi saylov o‘tkazishni talab qildi.

Mavzuga oid