Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul markazida portlash yuz berdi
Foto: Reuters
Istanbulning Beshiktosh tumanidagi Machka bog‘i yonida portlash yuz berdi. Portlash sabab yuzaga kelgan yong‘inni o‘t o‘chirish xodimlari o‘chirishmoqda. Bu haqda voqea joyidan NTV telekanali ma'lum qilgan.
Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu bergan ma'lumotga ko‘ra, portlash oqibatida 20ga yaqin kishi jarohatlangan. Ular orasida politsiya xodimlari ham bor. Hozirda halok bo‘lganlar haqida ma'lumot berilmagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash minalashtirilgan avtomobil yordamida amalga oshirilgan terakt sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Turkiya OAV xabariga ko‘ra, portlash Toshkent vaqti bilan 00.30da Machka parki va “Vodafon Arena” stadioni oldida yuz bergan. Portlashni uyushtirganlar ushbu hududda joylashgan politsiya uchastkasini nishonga olgani taxmin qilinmoqda.
Twitter’dagi ko‘plab foydalanuvchilar portlash ikki marotaba sodir bo‘lganini yozishmoqda.
Mavzuga oid
14:25
Moskvada portlash oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi
22:47 / 21.12.2025
Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025