Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klichko va Joshua o‘rtasidagi jang qachon o‘tkazilishi rasman e'lon qilindi
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko va IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Enton Joshua o‘rtasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha bo‘ladigan jang 2017 yilning 29 aprel kuni Londonning “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Joshuaning promouteri Eddi Xirn ma'lum qilgan.
Yakshanba oqshomida Joshua IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligini himoya qilish yo‘lida amerikalik bokschi Erik Molinani 3 raunddayoq texnik nokautga uchratdi. Joshua boshida Vladimir Klichko bilan jang o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Ammo ukrainalik bokschi jarohat olgani sabab bu jang o‘tkazilmadi. Xirnning ma'lum qilishicha, 29 aprel kuni “Uembli” stadionida o‘tadigan jang “britan boks tarixida eng katta oqshom bo‘ladi”.
"Men Molina tomonidan hech qanday xavf ko‘rmadim, ammo ehtiyot bo‘ldim. Endi esa Klichko bilan o‘tadigan jangda butunlay tayyorman. Hech qanday muammo yo‘q”, degan Joshua Molina bilan o‘tgan jangdan so‘ng.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026