Jahon | 16:02 / 11.12.2016
11885
1 daqiqa o‘qiladi

Qohiradagi terakt joyidan ilk kadrlar

Misr poytaxti Qohira shahrida joylashgan koptlar sobori yaqinida kuchli portlash ro‘y berdi. Teraktdan so‘ng voqea joyida bo‘lgan kishilardan biri vayronaga aylangan sobor ichini va tortishayotgan odamlarni tasvirga olgan hamda uni internet tarmog‘ida joylashtirgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan va 50dan ortiq kishi jarohatlangan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum shaxs ibodatxonaga portlovchi qurilmani uloqtirgan.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid