Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Uchinchi jahon urushi xavfidan ogohlantirdi
Suriyadagi qurolli nizolar Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu fikr Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush tomonidan bildirildi.
U xalqaro hamjamiyatni Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun harakatlarni kengaytirishga chaqirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda dunyo hamjamiyati katta tahdidlar bilan to‘qnashishi mumkin.
"Suriyada uchinchi qo‘l tomonidan olib borilayotgan urush, shuningdek, Iroqdagi shunday urush yakunlanish arafasida. Agar vaziyat barqarorlashmasa, dunyodagi superqudratli davlatlar, xususan, AQSh va Rossiya ishtirokida Uchinchi jahon urushi yuzaga kelish xavfi mavjud", - degan vazir o‘rinbosari.
«Anadolu» agentligi saytida Kurtulmushning to‘liq bayonoti keltirilmagan, matn agentlikning obuna bo‘lgan muxlislariga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
08:27 / 04.06.2026
Eron bilan urush Kongressda ham bahslarga sabab bo‘lmoqda
16:56 / 03.06.2026
Saxalin oroli va Tinch okeani flotidan ayrilgan Rossiya – Rus-yapon urushi tarixi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
10:18 / 28.03.2026