Jahon | 12:31 / 11.12.2016
4500
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti impichmenti mamlakat iqtisodiyotga ta'sir ko‘rsatmadi

Foto: EPA

Koreya Respublikasi (KR) prezidenti Pak Kin Xe impichmenti mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir ko‘rsatmadi. Bu haqida Seulda xorijiy muxbirlar uchun bo‘lib o‘tgan brifingda KR hukumatining bosh vazir o‘rinbosari hamda rejalashtirish va moliya vaziri Yu Il Xe ma'lum qildi. TASS agentligi shu haqida xabar berdi. 

"Hozirga qadar impichment moliyaviy bozorga, shu jumladan asosiy birja ko‘rsatkichlari va Janubiy Koreya vonining AQSh dollariga almashuv kursiga ta'sir o‘tkazmadi", - dedi  bosh vazir o‘rinbosari.

Yu Il Xo o‘z majburiyatlarini bajarish va milliy iqtisodiyotni nazorat qilishda davom etishini ishonch bilan ta'kidladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, "2017 yil uchun parlament tomonidan qabul qilingan byudjyet o‘zgarishsiz qoladi". Bosh vazir o‘rinbosari kelasi yilda o‘z e'tiborini maishiy qarzlarning o‘sishi, past tug‘ilish darajasi va jamiyatning qarishi kabi tarkibiy iqtisodiy muammolarni bartaraf qilishga qaratishga va'da berdi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sishni ta'minlash va sanoat hamda korporatsiyalarni qayta tuzishni kengaytirish qayd etildi. 

9 dekabrda parlament prezident impichmenti uchun ovoz berganidan keyin Pak Kyn Xe o‘z vazifalarini bajarishdan vaqtinchalik chetlatildi. Prezident vazifalarini bajarish esa mamlakat bosh vaziri Xvan Gyo An zimmasiga yuklatildi. Prezidentni hukumatdan chetlatish jarayoni Konstitutsiyaviy sud tomonidan ovoz berish natijalari tasdiqlangandan keyin yakunlanadi. Bu jarayonga qonun tomonidan 6 oygacha muddat beriladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid