Jahon | 16:05 / 12.12.2016
4833
1 daqiqa o‘qiladi

YeI Kuba bilan siyosiy muloqot va hamkorlik bo‘yicha kelishuvni imzoladi

Foto: AP

YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari tarixda ilk marotaba Kuba bilan siyosiy muloqot va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. YeI Kengashining Bryussel qarorgohida bo‘lib o‘tgan imzolash marosimi bevosita efirga uzatildi, deb xabar qilmoqda RIA “Novosti” agentligi.

Hujjatga birinchi bo‘lib YeI tashqi siyosat mahkamasi rahbari Federika Mogerini va Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parilya imzo chekkan. Shundan so‘ng, YeIga a'zo 28 davlat tashqi ishlar vazirlari imzolarini qo‘yishgan. 

YeI — Kuba o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha muzokaralar ikki yildan ortiq davom etdi. Unda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, xususan, savdo, sohalarga oid siyosat bilan birga xalqaro institutlar va inson huquqlari bo‘yicha siyosat masalalari aks etgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid