Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya politsiyasi Istanbuldagi teraktdan so‘ng 235 kishini qo‘lga oldi
Foto: Reuters
Turk politsiyasi mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Ishchi partiyasi va “Kurdiston ozodlik qirg‘iylari” radikal guruhi faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib 235 kishini qo‘lga oldi, deb xabar qilinadi Turkiya IIV saytida.
Amaliyot mamlakatning 11 viloyatida, jumladan Anqara, Istanbul, Gaziantep, Izmir, Adana, Mersinda o‘tkazilgan. Qo‘lga olinganlar ijtimoiy tarmoqlar yordamida terrorchilikni targ‘ib qilish va terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyat yuritganlikda ayblanmoqda.
Avvalroq, turk OAV Istanbuldagi terakdan so‘ng xalqlar demokratiyasi Partiyasining faollarini qo‘lga olgani xabar qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 118 kishi ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulda 10 dekabr kuni futbol stadioni yonida ikkita kuchli portlash sodir bo‘ldi. Turkiya bosh vazir o‘rinbosari No‘mon Qurtulmushning ma'lum qilishicha, turk hukumatida terakt mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Ishchi partiyasi tomonidan amalga oshirilgani borasida taxminlar bor.
Mavzuga oid
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
07:44 / 05.05.2026
Turkiyada yashash ruxsatnomasi uchun to‘lov miqdori oshgani rad etildi
19:44 / 25.04.2026