Istanbulning Beşiktoş tumanidagi Maçka boği yonida portlaş yuz berdi. Portlaş sabab yuzaga kelgan yonğinni öt öçiriş xodimlari öçirişmoqda. Bu haqda voqea joyidan NTV telekanali ma'lum qilgan.

Turkiya Içki işlar vaziri Sulaymon Soylu bergan ma'lumotga köra, portlaş oqibatida 20ga yaqin kişi jarohatlangan. Ular orasida politsiya xodimlari ham bor. Hozirda halok bölganlar haqida ma'lumot berilmagan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, portlaş minalaştirilgan avtomobil yordamida amalga oşirilgan terakt sababli yuz bergan bölişi mumkin.

Turkiya OAV xabariga köra, portlaş Toşkent vaqti bilan 00.30da Maçka parki va “Vodafon Arena” stadioni oldida yuz bergan. Portlaşni uyuştirganlar uşbu hududda joylaşgan politsiya uçastkasini nişonga olgani taxmin qilinmoqda.

Twitter’dagi köplab foydalanuvçilar portlaş ikki marotaba sodir bölganini yozişmoqda.