Jahon | 13:15 / 13.12.2016
3773
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnamda politsiya uchastkasida portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Foto: © AFP

Vetnamda politsiya uchastkasida yuz bergan portlash oqibatida kamida uch nafar huquqni muhofaza qilish organi xodimi halok bo‘lib, yana uch nafari jarohatlandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea kimyoviy buyumlar saqlanuvchi bo‘limda yuz bergan. Bu haqda Sinxua agentligi mahalliy politsiyaga asosan xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, portlash Daklak viloyatida dushanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Hodisa terakt emasligi ma'lum qilingan.

Ayni damda voqea sabablari o‘rganilmoqda.
 

Mavzuga oid