Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Curiosity Marsda hayot bo‘lganidan darak beruvchi element aniqladi
AQShning Curiosity marsoxodi Mars sirtida birinchi marta bor kimyoviy elementini topdi. Bu haqda AQShning Los-Alaamos milliy laboratoriyasi xabarida aytildi. Olimlarning aytishicha, borning qizil sayyorada mavjudligi uzoq o‘tmishda unda qandaydir tirik organizmlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yordam bergan qulay sharoitlar bo‘lganidan darak beradi.
"Avvalgi missiyalardan birortasi Marsda bor topmagandi. Agar biz kaltsiy sulfati tomirchalarida topgan bor Yerdagi borga o‘xshash bo‘lsa, unda bu holat tomirchalarni hosil qilgan bu qadimiy Marsning yer osti suvlari Tselsiy bo‘yicha 0-60 gradus haroratga va neytraldan nordongacha vodorod ko‘rsatkichiga ega bo‘lganini anglatadi", deb aytdi laboratoriya xodimi Patrik Gasda.
Bor laboratoriya tomonidan yaratilgan ChemCam kamerasi yordamida topildi. Olimlarning aytishicha, bor ko‘pincha suvi bug‘lanib ketgan quruq hududlar bilan bog‘lanadi. Bu orada Rossiyaning bir nechta OAV noma'lum sabablarga ko‘ra, Marsda mikroblar aniqlanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:57 / 09.02.2026
Ilon Mask endi Mars emas, Oyda shahar yaratish ustuvor ekanini aytdi
08:07 / 02.02.2026
Marsda “tungi fotosessiya”: Curiosity sun’iy yoritishdan foydalandi
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
11:30 / 24.10.2025