Yevroparlament O‘zbekiston bilan to‘qimachilik protokolini ratifikatsiya qildi
Yevropa Parlamenti O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga to‘qimachilik protokolini qo‘shishni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Yevropa Parlamentining matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur hujjat O‘zbekistondan tekstil mahsulotlarini import qilishda boj to‘lovlarini kamaytirishga qaratilgan, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida paxta va tekstil mahsulotlarini savdo qilishni yengillashtiradi.
Yevroparlamentning qayd etishicha, mazkur qaror O‘zbekiston tomonidan Yevropa deputatlarining paxta terimida bolalar kuchidan foydalanmaslik to‘g‘risidagi talabalarini bajarganligi sababli qabul qilindi.
Xalqaro savdo Qo‘mitasining (INTA)o‘zbekistonliklar huquqlariga e'tibori hamda majburiy mehnatdan foydalanishga chek qo‘yishga da'vatlari tufayli 2011 yilda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida to‘qimachilik protokoli imzolanishi — Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kuzatuvchilari ushbu holatni biron-bir qarshiliklarsiz kuzatish imkoniga ega bo‘lmagunlariga qadar kechiktirilgan edi.
Mavzuga oid
09:10
Yevroparlament Mayya Sanduning RF ustidan g‘alabasi haqida ma’lum qildi
20:58 / 19.09.2024
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” xalqaro festivali boshlandi
10:20 / 19.09.2024
Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
12:14 / 31.08.2024