Jahon | 12:30 / 15.12.2016
5919
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyaning hukmron partiyasi rahbariyati iste'foga chiqadi

Foto: Google image

Janubiy Koreya respublikasining hukmron Senuri partiyasi rahbariyati tashkilot safida bo‘linish yuz bergani uchun kelasi haftada iste'foga chiqishini e'lon qildi. Bu haqda, Yonxap agentligi xabar qilgan

Mamlakat prezidenti Pak Kin Xega impichment e'lon qilinishi munosabati bilan partiya ichida parchalanish kuzatilgan edi. 

«Partiya Oliy kengashining barcha a'zolari 21 dekabrda vazifasini tark etishga va'da bergan partiya rahbari Li Chjon Xyondan o‘rnak olishga qaror qildi», — deyiladi xabarda. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid