Polsha qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni iste'foga chiqdi
Polsha Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni general Miroslav Rujanskiy iste'foga chiqdi, deb xabar qilgan mamlakat mudofaa vazirligi.
"Milliy mudofaa vaziri bugun general Miroslav Rujanskiyning iste'fosini qabul qildi. Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni vazifasini vazir Antoni Macherevich qaroriga ko‘ra birinchi o‘rinbosar – general Leshek Suravskiy bajaradi", - deyiladi mamlakat Mudofaa vazirligi rasmiy vakili xabarida.
Polsha QK Bosh shtab va tezkor qo‘mondonlik bilan bir qatorda mamlakat armiyasining eng muhim organi sanaladi. Mahkama qo‘mondonlik tizimini isloh qilish doirasida 2014 yili tashkil etilgan. Rujanskiy bu lavozimni 2016 yilning iyulida egallagan bo‘lib, bosh qo‘mondon vazifasini uch yil bajarishi kerak edi.
Avvalroq, Polsha prezidenti Anjyey Duda mamlakat armiyasini isloh qilish niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Mudofaa vaziri Macherevich esa joriy yil yakuniga qadar tegishli konsepsiya tayyorlanishini xabar berdi.
Mavzuga oid
14:08 / 22.07.2024
«U darhol iste’foga chiqishi kerak» - Baydenning qaroriga AQSh va dunyodagi reaksiyalar
12:29 / 16.07.2024
Rossiyada general Ivan Popov uy qamog‘iga o‘tkazildi
18:37 / 14.05.2024
Qashqadaryo hokimi 22 nafar mas’ulni ishdan oldi
23:44 / 08.01.2024