Sport | 13:02 / 17.12.2016
8407
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Birinchi kanal kubogi o‘yinida qo‘shiqchi Rossiya madhiyasini unutib qo‘ydi

Xokkey bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Birinchi kanal kubogi xalqaro turnirida kutilmagan hodisa ro‘y berdi. Ushbu noxush voqea Rossiya – Chexiya o‘yinidan oldin Rossiya madhiyasini kuylash chog‘ida kuzatilgan. Rossiya xalq artisti Xibla Gerzmava dastlab madhiya so‘zlarini adashtirib yuborgan bo‘lsa, so‘ngra, qaytadan kuylashni iltimos qilgan. 

Masalan, opera qo‘shiqchisi «slavsya, Otechestvo nashe svobodnoye» misrasida Otechestvo so‘zini «narodnym»ga aylantirgan.

Shunga qaramay, Rossiya - Chexiya uchrashuvi Oleg Znarok jamoasining 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. 

Bundan avval, Shvetsiya madhiyasini ijro etish chog‘ida ham shunga o‘xshash voqea yuz bergan edi. U bir necha soniya yangragan edi, xolos. Albatta, keyinchalik, FXR shvedlardan kechirim so‘ragan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid