Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik o‘yinchoq samolyot o‘rniga haqiqiy qurol oldi
Foto: Joel Berman
Nyu-Yorkda yashovchi Joel Berman pochta orqali o‘yinchoq samolyot o‘rniga haqiqiy miltiq oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Pensiya yoshidagi Berman tanishining o‘g‘li uchun Rojdestvo sovg‘asini xarid qilish maqsadida onlayn-do‘kon xizmatidan foydalanishga qaror qilgan. Uning tanishlari uni internetni o‘zlashtirib olishga ko‘ndirishgan va sovg‘ani xarid qilish uchun sinovdan o‘tgan saytni tavsiya qilishgan. Biroq unga yetkazib berilgan jo‘natma ichida o‘yinchoq o‘rniga haqiqiy miltiq, unga o‘qlar, qurolni yashirincha olib yurishga ruxsatnoma va arizonalik erkakning haydovchilik guvohnomasi nusxasi bo‘lgan. Bu vaqtda uyida rafiqasi va nabirasi bilan bo‘lgan qariya politsiyachilarni chaqirtirgan.
Jo‘natmani yetkazishga javobgar bo‘lgan UPS kompaniyasi vakillari ba'zida o‘qotar qurolli jo‘natmalarni tashishlarini, biroq buni amaldagi qonunlarga ko‘ra amalga oshirishlarini aytganlar. Ularning aytishicha, bunday jo‘natmalarning jismoniy shaxslarga yuborilishi taqiqlangan. Qariyaga o‘zi buyurtma bergan o‘yinchoqni Rojdestvo bayramigacha olishiga va'da berishgan.
Sentyabrda Rossiyada iPhone smartfoni bilan firibgarliklar avj olganiga e'tibor qaratilgan. Avgustda Rossiyaning turli burchaklaridan huquq-tartibot muassasalariga onlayn-do‘konlarda smartfonlarga buyurtma berib, qurilmalar o‘rniga stakan olgan odamlardan shikoyat kelib tushgan.
Mavzuga oid
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025