Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlinda qo‘lga olingan shaxs terakt ijrochisi emasligini ma'lum bo‘ldi
Foto: REUTERS
Berlindagi teraktdan so‘ng qo‘lga olingan pokistonlik hujum ijrochisi emas, haqiqiy jinoyatchi hali-hamon erkinlikda yuribdi, deb xabar berdi Welt shahar politsiyasiga tayanib.
"Biz boshqa erkakni qo‘lga oldik, shu sababdan vaziyat o‘zgarmaydi. Haqiqiy jinoyatchi qurollangan va erkinlikda, u jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin", - deya ma'lum qilgan manba.
Politsiya va maxsus xizmatlar bundan xabardor, deb xabar beradi gazeta.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni kechqurun Berlin markazidagi rojdestvo yarmarkasiga yig‘ilgan kishilar ustiga yuk mashinasi atayin haydalgan. Buning oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 48 nafar inson kasalxonaga yetkazildi. Germaniya hukumati fojiani terakt deb tan olgan.
Maxsus xizmatlar esa yuk mashinasi haydovchisini qo‘lga olishdi. Welt gazetasining ta'kidlashicha, qo‘lga olingan shaxs 1993 yilning 1 yanvar kuni tug‘ilgan pokistonlik Navod B. bo‘lib chiqdi. DPA agentligining xabariga ko‘ra, u Germaniyaga fevral oyida bolqon yo‘nalishi bo‘ylab kirib kelgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra esa gumondor avvalroq mayda qoidabuzarliklar tufayli politsiya e'tiboriga tushgan.
Mavzuga oid
15:05 / 25.11.2025
NATO aviabazasi yaqinida teraktga urinish: Litvada 18 yoshli ukrain fuqarosi qamaldi
10:16 / 03.11.2025
Berlin: Terakt tayyorlaganlikda gumon qilingan suriyalik qo‘lga olindi
13:04 / 01.11.2025
Berlin aeroporti dron sabab ishini to‘xtatdi
14:23 / 13.10.2025