Jahon | 09:12 / 20.12.2016
6478
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Turkiyadagi konsulliklarini yopib qo‘ydi

Foto: AP

Eronning Anqaradagi elchixonasi Anqarada Rossiya elchisi Andrey Karlov o‘ldirilgandan keyin Eronning Turkiyaning bir nechta shaharlaridagi konsullik xizmatlari vaqtinchalik yopilishini ma'lum qildi. 

"Eronning Istanbul, Trabzon va Erzerumdagi bosh konsulliklaridagi konsullik xizmatlari 20 dekabrda yopiladi. Barcha yurtdoshlarimizga bu joylarga murojaat qilmaslikni iltimos qilamiz", deb aytilgan Eron elchixonasi saytida.

Rossiya elchisiga 19 dekabrda fotoko‘rgazma ochilishi vaqtida hujum sodir etildi. Elchining qotili ismi Mavlut Mart Oltintosh bo‘lib, u 2,5 yil politsiyada ishlagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin voqeani Turkiya bilan yaxshi munosabatlar va Suriyadagi vaziyatni tartibga solishning barbod qilinishiga qaratilgan "pastkash qotillik" va ig‘vo deb atadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid