Nyu-Yorkka tashrif buyuruvchi sayyohlar soni rekord darajaga yetdi
AQShning eng katta shahri bo‘lgan Nyu-Yorkka joriy yilning 11 oyida 60 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi. Megapolis hukumatining xabar berishicha, yil hali tugallanmaganiga qaramay, shu ko‘rsatkichning o‘ziyoq rekord natija hisoblanadi. O‘tgan yili Gudzonga 59 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurgan. TASS agentligi shu haqida ma'lum qildi.
Nyu-York ma'muriyatida ta'kidlanishicha, dunyodagi eng mashhur megapolislardan biriga tashrif buyuruvchi mehmonlar soni yetti yildan beri ketma-ket kamida million nafarga ko‘paymoqda.
Megapolis reklamasi bilan shug‘ullanuvchi NYC & Company tashkiloti rahbari Fred Diksonning so‘zlariga ko‘ra, bu yil shahar mehmonlarini asosan Ozodlik haykali, "Empayr-steyt bilding" osmono‘par binosi, Markaziy park, 2001 yil 11 sentabr teraktlari qurbonlari xotirasiga barpo etilgan memorial va Brodvey teatr shoulari qiziqtirib kelmoqda.
Sayyohlar nafaqat Manxetten, balki shaharning boshqa joylari - Bruklin, Bronks, Kuins va Steyten-Aylendni ham ziyorat qilishmoqda.
Nyu-York hukumati taqdim etgan statistikaga ko‘ra, joriy yilda shaharga tashrif buyurgan sayyohlarning 80 foizi mamlakatning boshqa shtatlaridan tashrif buyurgan amerikaliklardir. Xorijiy sayyohlarning umumiy soni esa so‘nggi 11 oyda 12 million kishidan oshdi - bu ham rekord natija sifatida qayd etildi.
Manbaga ko‘ra, tashrif buyurganlar orasida britaniyaliklar ko‘pchilikni tashkil qilgan, ikkinchi o‘rinda Xitoy fuqarolari joylashgan, ulardan keyingi o‘rinlarda esa - kanadaliklar va braziliyaliklar.
Mavzuga oid
00:47 / 21.09.2023
Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi yakunlandi
10:57 / 08.09.2023
Nyu-York meri noqonuniy muhojirlar oqimi shaharni vayron qilishi mumkinligini aytdi
10:56 / 10.06.2023
Nyu-Yorkda tutunli havo yana bir necha kunga saqlanib qoladi
22:30 / 08.06.2023