Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada hokimiyatdan chetlatilgan prezidentga nisbatan yangi tergov boshlanadi
Janubiy Koreya milliy birlashuv vazirligi mamlakat parlamenti tomonidan ishonchsizlik bildirilgan prezident Pak Kin Xe 2005 yildagi harakati bilan qonunni buzmaganini aniqlashga urinmoqda. O‘shanda, Pak Kin Xe KXDRning o‘sha vaqtdagi yetakchisi Kim Chen Irga maktub yo‘llagan edi, deb yodga olmoqda Yonxap agentligi.
Mahalliy matbuotning yozishicha, 2005 yil iyul oyida Pak Kin Xe "Xannara" siyosiy konservativ partiyasi yetakchisi sifatida Kim Chen Irga maktub yo‘llagan. U ikki Koreya o‘rtasidagi o‘zaro almashuvlar haqida so‘z yuritgan.
Undan avvalroq, 2002 yilda Pak hatto "YeI-Koreya fondi" delegatsiyasi tarkibida Pxenyanga tashrif buyurgan va Kim Chen Ir bilan uchrashgan edi. Biroq, Pak Kin Xe respublika prezidenti bo‘lgan vaqtda, Seulning KXDR bilan munosabatlari o‘ta xavfli darajada keskinlashdi.
"Pak Kin Xening maktubi Shimolga yetkazilgani aniq bo‘lmagani sababli, hukumat buni izohlamasligi kerak", — deya vazirlikdagi manbasining so‘zini keltiradi Yonxap. "Ushbu ma'lumot tekshirilmoqda", — degan nomini oshkor qilmagan mulozim.
Janubiy Koreyadagi mavjud milliy xavfsizlikka doir qonunchilik talablariga ko‘ra, mamlakatning har qanday fuqarosi KXDR bilan erkin aloqa qilishi taqiqlanadi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026