Jahon | 14:43 / 21.12.2016
2383
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 2016 yilda korrupsiyada gumon qilinayotgan 908 kishini ortga qaytardi

Foto: ria.ru

Xitoy huquq-tartibot organlari yil boshidan beri noqonuniy olib chiqilgan 2,3 milliard yuanni (330 million dollar) mamlakatga qaytarib, korrupsiyada ayblanayotgan 908 nafar kishini qo‘lga oldi. Bu haqida China Daily xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 908 kishi "Samo tarmog‘i" (Sky Net) kampaniyasi doirasida chet ellardan qaytarildi. 

Shuningdek 2016 yil boshidan buyon huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan eng ko‘p qidirilayotgan 100 korruptsionerdan 19 nafarini XXRga qaytarishga muvaffaq bo‘lindi. Hozirga qadar ro‘yxatdagi 37 kishi qo‘lga olindi. Ularning orasida mamlakatning eng ko‘p qidirilayotgan korruptsioneri, 2003 yilda Xitoyni tark etgan Yan Syuchju ham bor. 

Bundan tashqari, yilning ilk 11 oyida 28 nafar amaldor javobgarlikka tortilgan. Xitoyning sobiq jamoatchilik xavfsizligi vaziri o‘rinbosari Li Dunshen va Tsinxay provinsiyasining sobiq gubernatori Bay Enpay ham shular jumlasidandir. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid