Jahon | 17:47 / 21.12.2016
20698
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi aviaparvozlar 22 dekabrdan to‘xtatiladi

Foto: TACC

Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston o‘rtasidagi aviaparvozlar 22 dekabrdan boshlab to‘xtatiladi.

"Biz buni tasdiqlaymiz. Aviaqatnovlar 22 dekabr 00.00 dan boshlab to‘xtatiladi", - deya aytib o‘tishgan Rossiya transport vazirligida.

Bunga Tojikiston transport vazirligining "Yamal" aviakompaniyasiga Moskva viloyatidagi Jukovskiy aeroportidan Dushanbe shahriga 2016-2017 yillar mavsumida parvozni amalga oshirishiga ruxsat berishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

Rossiya mahkamasi Moskva tojik tomoni o‘ziga olgan majburiyatlarni bajarmasa, havo parvozlarini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega ekanini ta'kidlab o‘tgan. "Tojik aviahukumatining Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasi tomonidan Xo‘jand-Jukovskiy yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarga ruxsat berishdan bosh tortishi qoidalarga ziddir", - deya aytilgan RF transport vazirligida.

Tojikiston transport vazirligida esa tojik tomonidan bu yo‘nalishda ikkinchi aviatashuvchi parvozlarni amalga oshirilishi nazarda tutilmagani sababli bunday qarorga kelingani ma'lum qilindi.
Respublika transport vazirligi "Yamal" aviakompaniyasi ushbu yo‘nalishda chiptalar sotuvini yo‘lga qo‘yishga haqqi yo‘qligini ham aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Tojikiston 7 noyabr kuni ikki mamlakat orasida aviaparvozlarni to‘la hajmda amalga oshirishga kelishib olishgan.

Ayni damda mamlakatlar o‘rtasidagi parvozlar Tojikistonning Tajik Air va Somon Air, shuningdek Rossiyaning "Uralskiye avialinii", "Rossiya", "Sibir" (S7), "YuTeyr" aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. 

RF transport vazirligi 20 dekabr kuni Tojikiston tomoni amaldagi kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqishga harakat qilayotganini ma'lum qildi. Mahkamada ta'kidlanishicha, Dushanbe parvozga 7 noyabrdagi protokolga zid ravishda ruxsat bermayapti.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid