Daniyaliklar eng tezkor elektr mototsikllardan birini yaratishdi
Daniyaning Fenris Motorcycles kompaniyasi dunyodagi eng tezkor seriyali elektrobayk nomini olishga da'vogarlik qiluvchi elektr mototsikl prototipini yaratdi. Ride Apart’ning kompaniya bosh direktori Jyesper Vaydaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, mototsiklning maksimal tezligi 300 km/soatdan oshadi.
Baykda firma tomonidan ishlab chiqarilgan bitta elektromotor ishlatilgan. Bu 200 ot kuchiga ega motorning og‘irli 12,5 kg, mototsiklning og‘irligi esa 196 kg ni tashkil qiladi. Motosikl yaratuvchilarining aytishlaricha, u 0 dan 100 km/soat tezlikkacha 3 soniya ichida erisha oladi. Uning yurish zaxirasi ma'lum qilinmagan.
Elektrobayk konstruksiyasida old va orqa g‘ildiraklar uchun mayatnikli podveskalar qo‘llangan, amortizatorlar esa dvigatel ostida, g‘ildiraklar o‘rtasida joylashgan.
Fenris Motorcycles kompaniyasi Energica italyan firmasini o‘zining yagona raqobatchisi deb hisoblaydi. Ayni vaqtda firmaning modellar qatorida ikkita model mavjud bo‘lib, ulardan qudratlisi 136 ot kuchiga ega motor bilan jihozlanib, 240 km/soat tezlik bilan yura oladi.
Daniyaliklar 2019 yilda o‘z mototsikllarining 500 ta nusxadan iborat birinchi partiyasini ishlab chiqarishmoqchi.
Mavzuga oid
21:04 / 05.11.2024
Daniyalik siyosatchi musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi
12:00 / 30.10.2024
AQSh Davlat departamenti Daniyaga "havo-havo" raketalarini sotishni ma’qulladi
13:50 / 25.10.2024
O‘zbekistondan Daniya va Norvegiyaga milliy mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
23:11 / 14.10.2024